OsonkuOsonku
Bosh sahifaga

Maxfiylik siyosati

Yangilangan sana: 2026-11-19

Bu hujjat Osonku ilovasi qaysi ma'lumotlaringizni yig'ishini, nima uchun ishlatishini, qayerda saqlashini va ularni qanday o'chirishingiz mumkinligini tushuntiradi. Ilovadan foydalansangiz, shu shartlarga rozilik bergan bo'lasiz.

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

Profil: ism, tug'ilgan yil, jins, bo'y, boshlang'ich vazn, faollik darajasi, maqsadlar va ixtiyoriy ravishda yozgan sababingiz.

Kundalik: ovqat yozuvlari va kaloriyasi, suv, qadam, vazn va bel o'lchovlari, kayfiyat so'rovi javoblari, SOS seanslari, missiya javoblari, jarimalar va murabbiy bilan yozishmalar.

Hisob: Google orqali kirsangiz, pochta manzilingiz va Google hisobingiz identifikatori. Google'siz foydalansangiz, ilova sizga nomsiz identifikator beradi.

Oila rejasi: siz taklif qilgan a'zolarning ismi va pochtasi. A'zo qo'shilgach, o'z yoshi, jinsi, vazni va bo'yini o'zi kiritadi.

Qurilmalar: ruxsat bersangiz, Health Connect yoki Apple Health'dan qadam, vazn va yog' foizi, aqlli tarozidan vazn.

To'lov: buyurtma raqami, tarif, summa va holati. Karta ma'lumotlari Click tizimida kiritiladi, Osonku ularni ko'rmaydi va saqlamaydi.

2. Ma'lumot nima uchun kerak

Shaxsiy kaloriya va ovqatlanish rejasini hisoblash, kundalik, statistika va eslatmalarni ko'rsatish.

Murabbiy javoblari, ovqat rasmi tahlili, haftalik hisobot va xarid ro'yxatini tuzish.

Osonku Pro obunasini, sinov muddatini va kunlik limitlarni yuritish.

Ma'lumotlaringizni boshqa telefonda tiklash.

Ma'lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.

3. Qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar avval telefoningizda saqlanadi. Internet bo'lsa, ular Supabase bulut xizmatiga (server Yaponiyada, Tokio hududida) nusxalanadi.

Bulutdagi har bir yozuv faqat sizning hisobingizga bog'langan, boshqa odam uni ko'ra olmaydi.

4. Kimga uzatiladi

Google Gemini: murojaatingiz bo'yicha murabbiy savollari, ovqat rasmlari va sog'liq haqidagi xabarlar javob tayyorlash uchun yuboriladi. Osonku rasmlarni saqlamaydi.

ElevenLabs: ovoz bilan kiritganda yozuv matnga aylantirish uchun yuboriladi va Osonku'da saqlanmaydi.

Click: to'lov uchun buyurtma summasi va raqami.

Supabase: oila a'zosiga taklif xati shu xizmat orqali yuboriladi.

Google Health Connect va Apple Health: siz ruxsat bergan qadam va vazn ma'lumotlari.

Korzinka narxlari ochiq katalogdan olinadi, bunda shaxsiy ma'lumot uzatilmaydi.

Qonun talab qilgan hollardan tashqari ma'lumotlar boshqa uchinchi shaxslarga berilmaydi.

5. Ruxsatlar

Bildirishnomalar: suv, ovqat va vazn eslatmalari uchun. Eslatmalar telefonning o'zida yaratiladi.

Mikrofon: ovqatni aytib yozish va murabbiyga ovozli savol uchun. Faqat siz yozish tugmasini bosganingizda ishlaydi.

Kamera: ovqat rasmini tahlil qilish uchun.

Yaqin qurilmalar (Bluetooth): aqlli tarozidan vazn olish uchun. Joylashuvingiz aniqlanmaydi.

Har bir ruxsatni telefon sozlamalaridan istalgan vaqt o'chirsa bo'ladi.

6. Huquqlaringiz

Ko'rish va ko'chirib olish: Profil → Maxfiylik → "Ma'lumotlarni eksport qilish" barcha yozuvlaringizni JSON ko'rinishida beradi.

O'zgartirish: profil ma'lumotlari va yozuvlarni ilovaning o'zida tahrirlasa bo'ladi.

O'chirish: Profil → Maxfiylik → "Barcha ma'lumotlarni o'chirish" profil, kundalik va yozishmalarni telefondan ham, buluddan ham o'chiradi. Buni qaytarib bo'lmaydi.

To'lov yozuvlari va kunlik limit hisoblagichlari hisob-kitob uchun saqlanib qoladi. Hisobni butunlay o'chirish uchun murojaat qiling.

7. Saqlash muddati

Ma'lumotlar siz o'chirmaguningizcha saqlanadi. "Chiqish" bosilsa, ular telefondan o'chadi, bulutdagi nusxa esa qayta kirganingizda tiklanishi uchun qoladi.

8. Bolalar

Osonku kattalar uchun mo'ljallangan. 18 yoshgacha bo'lganlar ota-ona yoki vasiy roziligi bilan foydalanadi.

9. Tibbiy ogohlantirish

Osonku tibbiy maslahat o'rnini bosmaydi, tashxis qo'ymaydi va dori tavsiya qilmaydi. Sog'lig'ingiz bezovta qilsa, shifokorga ko'rining.

10. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.

OsonkuOsonku
IlovaNega OsonkuImkoniyatlarQanday ishlaydi
YordamNarxlarSavollar
HujjatlarOmmaviy ofertaMaxfiylik siyosati

2026 Osonku. Tibbiy maslahat o'rnini bosmaydi: kasalligingiz bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashing.